General Haftar armiyasi Tripolini egallash arafasida — BMT
Qator mamlakatlar, xususan, Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan general Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi poytaxt Tripolini egallashga yaqin turibdi, deya xabar berdi «Korrespondet».
Bu haqda BMT bosh kotibining Liviya bo‘yicha maxsus vakili G‘asan Salame «Corriere della Sera» nashriga bergan intervsida ma’lum qildi.
«Rossiyaliklar qo‘llashni boshlagach, Haftar qo‘shinining Tripoliga yurishi tezlashib ketdi», — dedi Salame.
Tripolining qulashi ehtimoli to‘g‘risida Liviya Milliy kelishuv hukumati tashqi ishlar vaziri Muhammad Siyola ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, Rossiya Haftarga ham askarlar, ham dronlar bilan qarashyapti.
General Haftar 2019-yilning aprelidan beri Tripoli qamalini boshlagan. BMT xabarida shundan beri mingdan ortiq inson halok bo‘lgani aytiladi.
76 yoshli general 1969-yili monarxiyani ag‘darib hukumat tepasiga kelgan va 2011-yilda isyon oqibatida ag‘darilib o‘ldirilgan Muammar Qaddofiyning sobiq safdoshlaridan bo‘lgan. 1990-yillardan uning o‘zi Qaddofiyning ashaddiy raqiblaridan biriga aylandi.
General Haftar oxirgi yillarda Moskvaga serqatnov bo‘lib qoldi. U RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan muzokaralar o‘tkazgan. Oxirgi marta 2018-yilning noyabrida Rossiyaga kelib ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter