«Liviyani qayta tiklash uchun 500 milliard dollardan ko‘proq pul kerak» — mutaxassis
O‘n yillik beqarorlikdan so‘ng Liviyada keng ko‘lamli rekonstruksiya loyihalarini amalga oshirish uchun 500 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi, deydi Liviya quruvchilar kasaba uyushmasi rahbari Abdelmajid Muhammad Kashir RIA Novosti bilan suhbatda.
«Liviyada 2011-yilda NATO tomonidan kommunal xizmatlar, qurolli kuchlarning barcha bazalari va lagerlari butunlay vayron qilindi. Mamlakat qayta qurish va rekonstruksiya qilish uchun ulkan moliyaviy sarmoyalarga muhtoj. Bu bir necha yillarni talab qiladi, ehtimol 10 yilga mo‘ljallangan rejalar yoki undan ham ko‘proq muddatli rejalar kerak bo‘lar», -deya Kashir mavjud vaziyatga izoh bergan.
«Biz ushbu keng ko‘lamli dasturni amalga oshirishda xalqaro hamjamiyatning samarali yordamiga ishonamiz, bu infratuzilmani yaratish uchun 500 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ talab qiladi», - deydi u.
Gap yo‘llar, ko‘priklar hamda tunnellar qurish, temir yo‘l tarmog‘ini yaratish, aholiga xizmat ko‘rsatish va uy-joy qurilishini rivojlantirish, elektr ta’minotini tiklash, uyali aloqa minoralari qurish haqida ketmoqda. Shuningdek, vazifa mamlakatning turli mintaqalari o‘rtasida transport aloqalarini o‘rnatish, portlar va aeroportlarga xizmat ko‘rsatuvchi rivojlangan transport tarmog‘ini ta’minlash, shuningdek yirik shaharlarda metro qurishdir.
Kashirning ta’kidlashicha, mojaro yillarida Liviyaning barcha shaharlariga katta zarar yetkazilgan, ayniqsa Tripoli, Bingazi, Sabrata, Tarxuna va boshqa yirik shaharlariga.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligidagi Jenevada bo‘lib o‘tgan Liviya siyosiy muloqot forumi fevral oyining boshida mamlakatning o‘tish davri ijroiya hokimiyatini saylagandi. O‘tish davri hukumati 24-dekabrga belgilangan umumiy saylovlarga qadar mamlakatni boshqaradi. Yangi rahbariyat Liviyadagi ikki tomonlama hokimiyatni tugatishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter