Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liviyada jangarilar Prezident kengashi majlisiga hujum uyushtirdi

Liviyada jangarilar Prezident kengashi majlisiga hujum uyushtirdi

Foto: «Report.az»

Liviya poytaxti Tripolida qurollangan shaxslar Prezident kengashi majlis o‘tkazayotgan «Corinthia» mehmonxonasiga hujum uyushtirdi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Hujum qilganlar umumiy razvedka xizmati rahbari Husayn al-Aibani iste’foga chiqarib, o‘rniga Imad al-Tarablusini qaytarishni talab qilishgan.

Qolaversa, jangarilar xorij harbiylari va yollanma askarlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga chorlab kelayotgan tashqi ishlar vaziri Najlu al-Mangushni ham ishdan olish talabini qo‘yishgan.

Eslatib o‘tamiz, Liviyadagi nizo ishtirokchilari 5-fevral kuni muvaqqat hukumat tuzilishiga rozi bo‘lgan, Jenevada, BMT shafe’ligida o‘tgan uchrashuvda Prezident kengashi rahbari va bosh vazir saylangan edi.

Mart oyida Liviyada yangi yagona hukumatning tarkibi tasdiqlangani e’lon qilindi. Abdulhamid Dbeyba hukumati mandati Liviyada prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkaziladigan 2021-yilning 24-dekabrigacha saqlanib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring