Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassirni qabul qildi.
ITB O‘zbekiston maktablari uchun mablag‘ ajratadi
Bu borada bugun, 22-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning ITBning Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta’lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICYeF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzadelar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida kelishuvga erishildi.
ITB Surxondaryoda quriladigan elektr stansiya uchun 100 mln yevro ajratadi
Bosh qarorgohi Saudiya Arabistonida joylashgan Islom taraqqiyot banki (ITB) ijrochi direktorlar kengashi unga a’zo to‘qqizta davlatda turli sektorlarni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun jami 1,12 milliard dollar hamda oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, transport, energetika, shaharsozlik, ta’lim, suv va sanitariya kabi muhim tarmoqlardagi bir qator boshqa loyihalar uchun 1,79 million dollarlik grantni ma’qulladi.
Islom taraqqiyot banki bilan qarz bitimi imzolandi
Prezidentning «Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi «O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-242-son qarori qabul qilindi.
Prezident Islom taraqqiyot banki rahbarini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni Toshkent shahrida o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassirni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev G‘arbiy Afrikadan Sharqiy Osiyogacha savdo-iqtisodiy makon shakllantirishni taklif etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishida bir qator takliflarni bildirdi.
Toshkentda yirik xalqaro kengash ish boshladi
An’anaga ko‘ra, tadbir avvalida raislik qiluvchi davlat madhiyasi va Qur’on oyatlari yangradi.
Shavkat Mirziyoyevning ertangi kun tartibi ma’lum qilindi
2 sentyabr kuni, Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltiradi.
O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi mahalliy muammolarga sababchi bo‘ldi
Islom taraqqiyot banki COVID-19 asoratlarini tiklash uchun barqarorlik indeksini ishga tushirmoqda.
Islom taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda
Tadbirda ishtirok etish uchun ITB guruhiga kiruvchi 57 mamlakatdan vazirlar va rasmiylar, shuningdek, 2000 dan ortiq yirik biznes vakillari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.
Sardor Umurzoqov yana bir lavozimli bo‘ldi
O‘zbekiston tarixida birinchi marta Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi boshqaruvchilari kengashi raisi etib bosh vazirning o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov saylandi.
YuNISEF va ITB bolalarni himoya qiluvchi xayriya jamg‘armaga asos soldi
YuNISEF va Islom taraqqiyot banki (ITB) gumanitar yordamga muhtoj millionlab bolalarga yangi imkoniyatlarni taqdim etuvchi Umumjahon musulmon xayriya jamg‘armasiga asos soldi.
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston loyihalarini moliyalashtiradi
Qaror bilan Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi.
Islom bankingini joriy etish O‘zbekistonga 10 mlrd dollar jalb etish imkonini beradi
Islom bankingini joriy etilishi O‘zbekistonga har yili qo‘shimcha ravishda 10 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkonini berishi mumkin. «Spot» xabariga ko‘ra, bu haqda BankExpo-2019 doirasidagi anjumanda Islom taraqqiyot banki vakili Husan Hasanov ma’lum qilgan.
Islom taraqqiyoti banki bilan OTMlar rivoji uchun 60 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi
Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda O‘zbekiston OTMlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi.
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga 1,9 milliard dollarlik imtiyozli kredit ajratgan
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "ITB guruhi kuni" doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan 1,3 milliard dollarlik sheriklik strategiyasi imzolangani buning dalilidir.