Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi mahalliy muammolarga sababchi bo‘ldi

O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi mahalliy muammolarga sababchi bo‘ldi

1-sentyabr – Islom taraqqiyot banki (IsDB) AAA reytingi bo‘yicha siyosatchilarga iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlarni yaratishga yordam berish maqsadidi yangi Barqarorlik indeksini ishga tushirdi.

Ayni paytda IsDB yillik yig‘ilishining navbatdan tashqari sessiyasi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik.

Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jasser COVID-19 pandemiyasi oqibatida ushbu indeksning yaratilishiga turtki bo‘lgan asosiy sabablarni aytib o‘tdi.

«COVID-19 pandemiyasining eng og‘ir saboqlaridan biri iqtisodiy barqarorlikning muhimligi bo‘ldi. Bizning iqtisodiy tizimlarimiz bugungi kunda globallashgan va murakkabdir. Shuning uchun ushbu indeksni siyosatchilarga yanada barqaror iqtisodiyot yaratish borasidagi yutuqlarini kuzatishga yordam berish uchun ishlab chiqdik», — deydi Al-Jasser.

O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘illikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov mamlakatlarga iqtisodiy barqarorlikni oshirishga yordam beradigan ba’zi mexanizmlar haqida so‘z yuritdi.

«O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi mahalliy muhim muammolarga sababchi bo‘ldi, jumladan, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishdagi qiyinchilik, ishchi kuchi uchun salbiy oqibat hamda lokdaun tufayli iqtisodiy faoliyat keskin to‘xtatilishi kabilar», — dedi Norqulov.

«Xalqaro hamkorlar, shu jumladan, ITB mamlakatimizdagi qo‘plab oilalarga va tadbirkorlik sub’yektlariga maqsadli moliyaviy yordam ko‘rsatdi, shu bilan birga, pandemiyani bizning ishchi kuchimizni o‘zgartirish bilan bog‘liq dasturlarni rag‘batlantirish imkoniyati sifatida ishlatdi, — deya qo‘shimcha qildi u. — Ammo bu sa’y-harakatlar vaqtinchalik edi va biz hozir iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirish uchun yaxshiroq modellarni ishlab chiqmoqdamiz».

Barqarorlik indeksi IsDB-ga a’zo 57 mamlakatning siyosatchilariga iqtisodiy barqarorlikni oshirish borasida ilgarilab ketayotganlarini kuzatishga yordam beradi.

Ushbu yillik yig‘ilishda yig‘ilgan rahbarlar asosan COVID-19 dan so‘ng yuzaga kelgan inqirozlarga asosiy e’tiborni qaratishdi. Iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar, shuningdek, jahon iqtisodiyotining tiklanish sur’ati tezlashib borayotgani sababli mojaroli va turli vaziyatlar ta’sirida bo‘lgan mamlakatlarning ortda qolmasligini ta’minlashga qaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring