Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umurzoqov yana bir lavozimli bo‘ldi

Sardor Umurzoqov yana bir lavozimli bo‘ldi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi boshqaruvchilari kengashi raisi etib bosh vazirning o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov saylandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  

Eslatib o‘tamiz, Sardor Umurzoqov o‘tgan yilning oktyabr oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) boshqaruvchilari kengashi raisining o‘rinbosari etib saylangan edi.

Islom taraqqiyot banki guruhi 1974 yilda Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida tashkil etilgan. ITB a’zolari tarkibiga 57 mamlakat kiradi. Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik infratuzilmaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring