Sardor Umurzoqov Qatar Amiriga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi
Joriy yil 26-fevral kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi.
Qatar Amirligi tomonining ma’lum qilishicha, maktubda do‘st davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, ularni mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari, shuningdek, hamkorlik masalalariga oid mavzularda so‘z boradi.
Sardor Umurzoqov maktubni «Lusayl» saroyidagi qabul vaqtida topshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter