
G‘azoning ayrim hududlarida hamasga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tyapti
G‘azo sektoridagi falastinliklar HAMASga qarshi kamdan-kam kuzatiladigan norozilik namoyishini o‘tkazib, harkatni urushni to‘xtatib, sektorni tark etishga chaqirmoqda.

hamasning muhim odami al-Bardavil o‘ldirildi
Isroil harbiylari seshanba kuni Hamasni Qatar, Misr va AQSh vositachiligida 19 yanvarda tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganlikda ayblab, G‘azo sektoriga kuchli zarbalarni qayta boshladi. Hamas ayblovlarni rad etadi.

Isroil G‘azoga havo hujumlarini boshladi: 230 dan ortiq kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroilning G‘azo sektori bo‘ylab havo hujumlari natijasida halok bo‘lgan 230 dan ortiq falastinlik orasida ko‘plab ayollar va bolalar bor.

hamas Isroil bilan muzokaralarning yangi bosqichi haqida bayonot berdi
G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 2025-yilning 19-yanvarida kuchga kirgan.

hamas vaziyat keskinlashsa, garovdagilarni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda
HAMAS Isroil tomonidan falastinliklarga nisbatan «har qanday tajovuzning kuchayishi» garovga olinganlarning bir qismi hayotini xavf ostiga olib kelishini ma’lum qildi.

hamas 4 nafar isroillikning jasadini qaytarib beradi
Isroil XAMASni garovga olinganlarga yomon munosabatda bo‘lganlikda hamda harakat a’zolari o‘tgan safar garovdagi Shiri Bibasning o‘rniga noma’lum ayolning jasadini qaytarib berganlikda ayblagan edi.

Besh nafar isroillik va 602 nafar falastinlik o‘z uyiga qaytdi
HAMAS garovga olingan besh kishini 602 nafar falastinlik evaziga ozod qildi.

hamas Isroilga 4 nafar garovdagi fuqaroning jasadini topshirdi
Qizil Xoch avtomobillari tobutlarni G‘azo sektoridagi SAXAL kuchlariga topshirdi.

hamas ma’lum shart evaziga garovdagi barcha isroilliklarni ozod qilishga tayyor
Bu haqda harakat matbuot kotibi Hazim Qosimga tayanib, Al Jazeera xabar qilmoqda.

hamas G‘azo boshqaruvini Falastin ma’muriyatiga topshirishi mumkin
HAMAS G‘azodagi hokimiyatni Falastin milliy ma’muriyatiga topshirishga qaror qildi.

hamas garovdagi 3 kishini 369 nafar falastinlik evaziga ozod qildi
Falastinning HAMAS harakati garovga olingan uch kishini, jumladan bir nafar rossiyalikni ozod qildi.

hamas mahbuslar almashinuvini belgilangan grafik bo‘yicha davom ettiradi
HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishni davom ettirishga rozi bo‘lganini va kelishuvda ko‘rsatilgan muddatga ko‘ra Isroilda saqlanayotgan falastinlik mahbuslar evaziga G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilishni davom ettirishini e’lon qildi.

hamas Trampning tahdidiga javob qaytardi
Falastinning HAMAS harakati AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektorini «jahannamga aylantirish» xususidagi tahdidiga javoban tahdid va po‘pisalardan hech kimga naf yo‘qligi haqida bayonot berdi.

Isroilni va’dasida turishga chaqirgan hamas Trampning tahdidiga uchradi
HAMAS rasmiysi Abu Ubayda bir muddat oldin harkat 15 fevral kuni uylariga qaytishi kerak bo‘lgan garovga olinganlarni ozod qilish jarayonini keyinga surgani haqida ma’lum qilgandi. HAMAS bunga sabab Isroil tomonining kelishuv shartlarini buzayotgani deb hisoblaydi.

Isroil uyushtirayotgan portlashlardan BMT xavotirda
Isroil armiyasi Iordan daryosining G‘arbiy Sohilidagi 20 ga yaqin binoni portlatdi. Yahudiy davlati armiyasi ushbu binolardan terrorchilar foydalanganini iddao qilgan. BMT esa hududda zo‘ravonlik kuchayib ketganidan xavotir izhor etgan.

hamas Isroil harbiysi Agam Bergerni ozod qildi
HAMAS Isroil askari Agam Bergerni ozod qildi. U 2023 yil 7 oktyabrda Naxal-Oz harbiy bazasidan garovga olingan bo‘lgan.

hamas 30-yanvar kuni kimlarni ozod qilishi ma’lum bo‘ldi
Avvalroq Isroil 30-yanvar kuni 110 nafar falastinlik mahbusni ozod etishini ma’lum qilgandi.

Tramp G‘azo aholisini qo‘shni arab davlatlariga ko‘chirishni taklif qilyapti
AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorida ijtimoiy ob’yektlarning butunlay vayron bo‘lgani haqida to‘xtalib, anklavning 1,5 million aholisini Misr va Iordaniya kabi davlatlarga vaqtinchalik ko‘chirib turish kerakligini aytgan.

hamas yakshanba kuni 120 nafar falastinlik evaziga 4 isroillikni beradi
HAMAS va Isroil o‘rtasida 42 kun amalda bo‘ladigan sulhning birinchi bosqich doirasidagi ikkinchi almashinuv haftaning har shunbasiga belgilangan edi. Biroq HAMAS birinchi almashinuvda Isroil tomoni 90 nafar falastinlikni ozod qilishda kechikkanini aytmoqda va shu sabab 4 nafar isroillik kelgusi yakshanbada garovdan ozod qilinadi.

Ertaga hamas va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kuchga kiradi
HAMAS garovda ushlab turilgan isroilliklarni ozod qiladi, o‘z navbatida, Isroil tutqunlikda saqlanayotgan 700 nafardan ziyod falastinlikni qamoqdan chiqaradi.

Bayden va Tramp «uloq meniki» deb da’vo qilmoqda
Isroil va HAMAS G‘azo sektorida 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan urushni tugatishga kelishib olgani haqida xabar bergandik.

hamas va Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Qatar bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon at-Tani Isroil va HAMAS G‘azo sektorida 2023 yil oktyabr oyidan beri davom etayotgan urushni tugatishga kelishib olganini tasdiqladi.

hamas garovdagi 34 isroillikning ro‘yxatini taqdim qildi – Reuters
5-yanvar, yakshanba kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektoridagi janglarni to‘xtatish va garovga olinganlarni uylariga qaytarish bo‘yicha kelishuv tafsilotlari ustida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Falastin rasmiylari hafta oxirida Isroilning kuchli bombardimonlarida 100 dan ortiq odam qurbon bo‘lganini ta’kidlagan.

hamas G‘azo bo‘lgasida o‘t ochishni to‘xtatadi – AFP
Bu haqda AFP nashri harakat vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Qatar G‘azo bo‘yicha muzokaralarda vositachilikni to‘xtatgan – OAV
Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasida garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda vositachi sifatidagi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat TIV vakili ma’lum qilgan.

Isroil yana BMT ogohlantirishiga qarshi bordi
Isroil parlamenti (Knesset) mamlakat hududida BMTning falastinlik qochqinlarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqladi.

hamas yangi yetakchisining nomini sir tutishga qaror qildi
Yahyo Sinvarning halokatidan so‘ng uning o‘rinbosari Xalil al-Hayyo ko‘plab masalalar, xususan, G‘azo sektori bo‘yicha ishlarni o‘z nazoratiga olgan.

Sinvarning o‘limi «hamas» uchun jiddiy zarba bo‘ldi, ammo bu urushning oxiri emas
1990 yillardan beri Isroil HAMASning har bir yangi rahbarini o‘ldiradi, lekin har doim uning o‘rnini bosuvchisi bor

hamas yetakchisi Yahyo Sinvar o‘lgan bo‘lishi mumkin - manba
Isroil qurolli kuchlari HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azo sektoridagi operatsiya chog‘ida halok bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

hamasning Livandagi shtabi rahbari halok bo‘ldi
Abu al-Aminning Tir shahri yonidagi qochoqlar lagerida joylashgan uyiga havodan zarba berilgan.