HAMAS garovdagi 3 kishini 369 nafar falastinlik evaziga ozod qildi

Falastinning HAMAS harakati garovga olingan uch kishini, jumladan bir nafar rossiyalikni ozod qildi.
Rossiya fuqarosi bo‘lgan 29 yoshli Sasha Trufanov, Amerika fuqaroligi bo‘lgan 36 yoshli Sagi Dekel-Chen va Argentina fuqaroligi bo‘lgan 46 yoshli Yair Xorn asirlikdagi 498 kundan so‘ng Halqaro Qizil xoch tashkilotiga topshirilgan.
Ozod qiligan uchala fuqaro ham HAMAS tomonidan Nir-Oz hududida garovga olingan.
Yair Xornning ukasi Eytan ham ayni paytda HAMAS tomonidan garovda saqlanyapti.
Isroil, o‘z navbatida garovdagi 3 nafarning evaziga 369 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter