Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoning ayrim hududlarida HAMASga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tyapti

G‘azoning ayrim hududlarida HAMASga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tyapti

G‘azo sektoridagi falastinliklar HAMASga qarshi kamdan-kam kuzatiladigan norozilik namoyishini o‘tkazib, harkatni urushni to‘xtatib, sektorni tark etishga chaqirmoqda.

Internetda tarqalayotgan videolarda seshanba kuni qisman vayron bo‘lgan shimoliy Bayt Lahiya shahrida yuzlab odamlar urushga qarshi chiqishayotgani aks etgan.

Namoyishlar G‘azo shimolida boshlangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tib ular G‘azoning boshqa hududlarida ham paydo bo‘la boshlaganini va kechga yaqin janubda Xon Yunisgacha namoyishlar bo‘lib o‘tgani haqida xabar berdi.

Namoyishchilarning ba’zilari Isroil bilan urushni to‘xtatishga chaqirgan bo‘lsa, boshqalari ochiqchasiga HAMASni mojaro boshlaganlikda ayblab, guruhdan G‘azoni tark etishni talab qilmoqda.

«Namoyish bir necha o‘nlab odamlar ishtirokida urushga qarshi miting sifatida boshlangan, keyin esa 2 mingdan oshdi, odamlar HAMASga qarshi shiorlar aytishdi», – deydi euronews’ga intervyu bergan mahalliy aholi vakillaridan biri.

U, shuningdek, falastinliklar qo‘llaridagi yagona imkoniyatdan – Isroil qirg‘inini to‘xtata olmayotgani, lekin HAMASga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan foydalanmoqchi ekanligini bildirgan.

«Isroil falastinliklarni namoyishlarga chiqishga undagan. Jumladan, G‘azo aholisiga «yechim sizning qo‘lingizda va HAMAS sizni do‘zaxga jo‘natishni istaydi», mazmunidagi matnli xabarlar tarqatgan», – deb yozadi WSJ.

Namoyishlar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulhning to‘xtatilganidan bir hafta o‘tib, SAXALning G‘azo sektorini qayta bombardimon qilish oqibatida yuzlab falastinliklarning (qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor) halok bo‘lgani fonida yuz bermoqda.

Shu oy boshida Isroil G‘azoning 2 millionga yaqin aholisiga oziq-ovqat, yoqilg‘i, dori-darmon va insonparvarlik yordamini ham to‘xtatgan edi.

Isroil HAMAS 59 nafar garovga olinganlar (24 nafari tirik ekani taxmin qilinmoqda)ni qaytarmaguncha urushni to‘xtatmaslikka ahd qilgan. Shuningdek, harakatdan hokimiyatdan voz kechish, qurolsizlantirish va rahbarlarini surgunga yuborishni talab qilmoqda.

HAMAS esa qolgan asirlarni falastinlik asirlarning ozod etilishi, uzoq muddatli otashkesim va Isroilning G‘azodan to‘liq chiqib ketishi evaziga qo‘yib yuborishini bildirgan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 7-oktyabridan buyon Isroil armiyasi 50 000 dan ortiq falastinlikni, jumladan, ayollar va bolalarni o‘ldirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring