HAMAS mahbuslar almashinuvini belgilangan grafik bo‘yicha davom ettiradi
![HAMAS mahbuslar almashinuvini belgilangan grafik bo‘yicha davom ettiradi](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1055512546.jpg)
HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishni davom ettirishga rozi bo‘lganini va kelishuvda ko‘rsatilgan muddatga ko‘ra Isroilda saqlanayotgan falastinlik mahbuslar evaziga G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilishni davom ettirishini e’lon qildi.
«Biz imzolangan hujjatga muvofiq kelishuvni amalga oshirishda davom etishimizni, shu jumladan belgilangan jadvalga muvofiq mahbuslarni almashishni tasdiqlaymiz», – deyiladi Qatar OAVsi HAMAS harakatidan keltirayotgan iqtibosda .
Shuningdek, «G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha inqirozni hal qilish haqida so‘z borar ekan, HAMAS kelishuvning barbod bo‘lishidan manfaatdor emasligini va vositachilar uni to‘liq amalga oshirish uchun bosim o‘tkazayotganini» aytgan.
HAMASning ushbu bayonoti harakatning yuqori rasmiy vakili Xalil al-Hayya boshchiligidagi delegatsiya vositachilar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Qohiraga kelganidan bir kun o‘tib yangragan.
HAMASning aytishicha, Misr va Qatar vositachilari G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamining davom etishiga to‘sqinlik qiluvchi to‘siqlarni olib tashlashga va’da bergan.
«Al Jazeera»ning yozishicha, vositachilar kelishuvning gumanitar bandlarini amalga oshirishga sodiqligini tasdiqlagan. Nashr, mazkur xabarga G‘azoga kirishni kutayotgan ko‘chma uylar va boshqa og‘ir texnikalar ortilgan yuk mashinalari tasvirlarini ilova qilgan.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni HAMAS shanba kuni rejalashtirilgan garovga olinganlarni ozod etishni kechiktirish bilan tahdid qilib, Isroilni insonparvarlik yordami anklavga yetib borishiga to‘sqinlik qilayotganlikda ayblagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter