Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga qarshi ayblov xulosalarini e’lon qildi

29/09/2023

Ayblovlar 2005 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan.

Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga tegishli 3 ta mulk musodara qilindi

09/08/2023

Kecha, 8 avgust kuni Qirollikning Jiddiy fribgarlik ishlarini o‘rganuvchi byurosi (Serious Fraud Office, SFO) tomonidan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan uchta hashamatli mulkni musodara qilish haqida da’vo Buyuk Britaniya Oliy sudi tomonidan qanoatlantirildi.

Gulnora Karimovaning «imperiya»si haqida yangi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

13/03/2023

Nashrning yozishicha,  Karimova turli firmalar orqali Buyuk Britaniya, BAA, Shveysariya, Fransiya va Gongkongda taxminan 240 mln dollarlik kamida 14 ta ko‘chmas mulk sotib olgan.

Gulnora Karimova olib chiqib ketgan pullar va oltinlar...

13/09/2022

Anjumanda G.Karimovaning avvalo Shveysariyadagi (eng ko‘p  aktivlar shu davlatda), qolaversa, boshqa mamlakatlardagi aktivlarini haqida so‘z bordi.

Gulnora Karimova aktivlarini musodara qilish yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

13/09/2022

O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergov doirasidagi hamkorligi natijasida Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a’zolarining aktivlarini musodara qilish bo‘yicha ishlar Shveysariya sud organlariga oshirilgan.

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi pullarini qaytarish bo‘yicha yakuniy bitim imzolandi

16/08/2022

Bugun, 16 avgust kuni Shveysariyaning Bern shahrida O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida «O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rtasidagi Shveysariya Konfederatsiyasi hududida konfiskatsiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarida qaytarish yo‘llari to‘g‘risida»gi bitim imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Gulnora Karimovaga aloqador hashamatli pentxaus sotib yuborilgani oshkor bo‘ldi

02/07/2022

Bu haqdagi ma’lumot shu paytgacha sir tutilgan va ushbu hujjat endi internetga tarqab ketgan.

«Bizni uchrashtirishmayapti» — Imon Karimova onasi haqida yozdi

16/05/2022

Imon Karimova Instagram sahifasida onasi Gulnora Karimova bilan anchadan beri ko‘rishmayotgani haqida yozgan.

«Imona doim to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan» — Islom Karimovga oid tarixiy surat

12/04/2022

Islom Karimovning nevarasi Imon Karimova o‘zining Instagram sahifasida bobosiga oid tarixiy suratlarni e’lon qilgan.

Gulnora Karimovadan qaytarilgan mablag‘lar qaysi sohaga ishlatilishi ma’lum bo‘ldi

15/02/2022

Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan mablag‘larini qaytarish bo‘yicha yakuniy jarayonlar boshlandi.

Islom Karimov farzandining rasmini e’lon qildi

02/01/2022

Islom Karimov ayni paytda Buyuk Britaniyada istiqomat qilmoqda.

Adliya vazirligi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

24/12/2021

Gap O‘zbekiston bozoriga kirish va to‘siqsiz ishlash evaziga xorijiy telekommunikatsiya kompaniyalaridan noqonuniy yo‘l bilan olingan yirik mablag‘larni legallashtirish haqida ketmoqda.

Shveysariya sudi Gulnora Karimova foydasiga yangi qaror chiqardi

24/12/2021

Shveysariya federal jinoiy sudi O‘zbekiston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishda muzlatib qo‘yilgan mablag‘lardan 70 million dollarini qaytarishga qaror qildi.

Gulnora Karimova ishi: bu safar Britaniya bosh vaziri aralashdi

04/10/2021

U 2010 yilda Gibraltardagi ofshor kompaniyasi orqali Karimovaga pullarni o‘tkazishda ishtirok etgani aytiladi.

Gulnora Karimova oilasining hech kim ko‘rmagan rasmlari e’lon qilindi

28/08/2021

Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova Instagram sahifasiga oldin hech qayerda e’lon qilinmagan suratlarni joylashtirdi.

Gulnora Karimova Shveysariyadagi sudda yutib chiqdi

04/12/2020

Karimovaning advokati Greguar Manjaning so‘zlariga ko‘ra, bu muhim g‘alabadir. U Karimovaga Shveysariya banklaridagi 350 million dollarlik aktivrlaridan foydalanishga imkon beradi. 

Gulnora Karimova o‘z joniga qasd qilgani haqidagi gaplarga munosabat bildirildi

12/11/2020

Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashgani borasida so‘nggi vaqtlarda tarqalgan xabarlar asosga ega emas.

«Mamlakat rostanam boy, lekin o‘g‘rilar ko‘p» —  bloger Gulnora Karimovadan qaytarilayotgan 131 mln dollar haqida

14/09/2020

Shu o‘rinda bir mulohaza, gar Gulnora Karimova qanaqadir yillar ichida dollardagi milliarderga aylangan ekan, gar yangi davrda ham nomlari hozircha aytilmaydigan kaslar sanoqli yillar ichida dollardagi millardlarni ishlab topmoqda ekan, mamlakat rostanam boy, rostanam salohiyatli. Lekin o‘g‘rilar ko‘p. Juda ko‘p.

Gulnora Karimovadan qaytarilgan pullar nimaga sarflanishi kerak?

12/09/2020

Shveysariyada Gulnora Karimovaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishiga oid tergov davomida olib qo‘yilgan pullar O‘zbekistonga qaytarilishi yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Gulnora Karimova olib chiqqan 1,3 mlrd. dollarlik mulklarni qaytarish bo‘yicha ma’lumot berildi

15/06/2020

15 iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i S.O‘rinboyeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda chet elga noqonuniy olib chiqilgan aktivlarning O‘zbekistonga qaytarilishi borasida olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

«Ucell»: Gulnora Karimovaning kompaniya aksiyalariga egalik qilgani mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

20/05/2020

«COSCOM» MChJ («Ucell» savdo belgisi ostida faoliyat olib boruvchi uyali aloqa operatori) – 100% davlatga tegishli kompaniya.

Gulnora Karimovaning Fransiyadagi aktivlari O‘zbekistonga qaytarildi

14/05/2020

G.Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mulklarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida joriy yilning 14-may kuni Fransiyadan 10 million AQSh dollari miqdoridagi aktivlar O‘zbekistonga qaytarildi.

Darig‘a Nazarboyeva ham Gulnora Karimova kabi qamaladimi? Siyosatshunos javob berdi

08/05/2020

Yaqindagina Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi spikeri va deputati maqomidan mahrum bo‘lgan Darig‘a Nazarboyevaning keyingi taqdiri borasida turli taxminlar ilgari surilmoqda.

Xorijdagi mulklarni qaytarishda Gulnora Karimovaning roli umuman yo‘q – Adliya vazirligi

18/03/2020

Adliya vazirligi O‘zbekistonga mulklarni G.Karimovaning o‘zi qaytargani yoki qolgan mulklar bevosita u yoxud boshqa alohida shaxslar tomonidan qaytarilishi mumkinligi haqidagi ta’kidlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Gulnora Karimova 13 yilu 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

18/03/2020

Bugun, 2020-yil 18-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida G.Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ingliz matbuoti: Gulnora Karimova Buyuk Britaniyadagi mulklarini yo‘qotishi mumkin

28/01/2020

O‘zbekistonnig birinchi prezidenti Islom Karimovning 2015-yildan beri hibsda saqlanayotgan qizi Gulnora Karimova Britaniyadagi mulklaridan, shu jumladan 30 million funt sterling qiymatidagi saroyidan mahrum etilishi mumkin.

Gulnora Karimovaning uylaridan 12.7 milliard so‘mlik san’at asarlari chiqdi

11/01/2020

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi tomonidan tegishli soha idoralari ishtirokida Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Latviya va boshqa davlatlar vakolatli idoralari bilan hamkorlikda G.Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan aktivlarni qaytarish masalasida muayyan ishlar olib borilmoqda.

Gulnora Karimova ustidan navbatdagi sud majlisi boshlandi

08/01/2020

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Gulnora Karimova va boshqalarga oid navbatdagi jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi boshlandi.

Gulnora Karimovaga oid navbatdagi «delo» sudga yuborildi. U yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bo‘lganligi aniqlangandi

06/01/2020

O‘tgan yilning dekabr oyi boshlarida Gulnora Karimova va boshqalarga nisbatan yangi ayblovlar e’lon qilingani xabar qilingandi.

Gulnora Karimova advokatining O‘zbekistonga kirishiga ruxsat berilishi rad etildi

11/12/2019

Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning manfaatlari himoyasida qatnashayotgan advokatlar xususida kelib tushayotgan ko‘plab so‘rovlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Yana