Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariya sudi Gulnora Karimova foydasiga yangi qaror chiqardi

Shveysariya sudi Gulnora Karimova foydasiga yangi qaror chiqardi

Shveysariya federal jinoiy sudi O‘zbekiston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishda muzlatib qo‘yilgan mablag‘lardan 70 million dollarini qaytarishga qaror qildi.

Tergov natijasida ushbu aktivlar jinoyat natijasida qo‘lga kiritilganligini aniqlanmadi, deyiladi Jinoyat ishlari bo‘yicha Federal sud bayonotida. Bu haqda Swissinfo ma’lum qildi.

Gulnora Karimova benefitsiar bo‘lgan Takilant hozirda jinoiy tergov qilinayotgan beshta Shveysariya hisobining ikkitasi bilan bog‘langan. Kompaniyadan musodara qilingan umumiy summa 350 million dollardan ortiqni tashkil qilgan.

Sudning xulosasiga ko‘ra, ishda ishtirok etgan bir necha kishi, jumladan Gulnora Karimovaning o‘zi va uning yordamchisi jinoiy daromadlarni o‘zlashtirishda aybdor deb topilgani uchun ushbu summaning salmoqli qismi musodara qilinishi kerak. Biroq, taxminan 70 million dollar Takilantga qaytariladi.

Gulnora Karimovaning avvalroq britaniyalik  siyosatchi Muhammad Amersi bilan korrupsiyaga aralashgani bo‘yicha xabarga shaxsan bosh vazir Boris Jonson munosabat bildirgandi. 

Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa bir yil avval Gulnora Karimova Shveysariyadagi sudda g‘alaba qozongani xabar qilingan va 350 million dollar mablag‘dan foydalanish huquqiga ega bo‘lgandi.

Shuningdek, 2020yilning may oyida Fransiyadan Karimovaga aloqador 10 million dollarlik aktivlar ham O‘zbekistonga qaytarilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring