Gulnora Karimova o‘z joniga qasd qilgani haqidagi gaplarga munosabat bildirildi
Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashgani borasida so‘nggi vaqtlarda tarqalgan xabarlar asosga ega emas. Bu haqda 12-noyabr kuni O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Umida Abdullayeva ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Daryo».
«Gulnora Karimova o‘z joniga qasd qildi degan yoki boshqa noxush holat haqidagi gaplar asossiz. Gulnora Karimova sud tomonidan belgilangan jazo muddatini o‘tamoqda», — degan Umida Abdullayeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter