Zilzila haqida ma’lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi
«O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4794, 30.07.2020-y) qabul qilindi.
Qaror bilan:
- seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xafvsizlikni ta’minlash sohasidagi mas’ul davlat organlari belgilandi.
Hukumat tarkibiy tuzilmasida ushbu sohani muvofiqlashtuvchi sho‘’ba va tegishli jamg‘arma tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra:
- 2021-yil 1-apreldan seysmik faol hududda joylashgan mavjud bino va ishootlar, ko‘p qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholashga xizmat qiluvchi;
- 2021-yil 1-maydan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmiy darajasi kabilarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlar shakllantiriladi.
Shuningdek, qarorga muvofiq:
- 2021-yil 1-aprelga qadar aholiga sodir bo‘lgan zilzila bo‘yicha to‘liq ma’lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi.
- 2020-yil 1-noyabrga qadar barcha suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamlik holatini baholash bo‘yicha ekspress uslubiyot ishlab chiqiladi.
Qaror bilan Respublikada seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturi qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter