Hind fermerining echkisi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

Hindistonlik fermerga qarashli Karumbi laqabli to‘rt yashar karlik echki Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
U rasman dunyodagi eng mitti echki deb topildi. Karumbining bo‘yi atigi 38 santimetrga teng.

Foto: Global News Report
Karumbi — keralalik Piter Lenuning fermasidagi 23 bosh echkidan biri. Fermerning aytishicha, rekordchi ikkinchi marta homilador bo‘lgan, birinchi bolasi kattarmoqda. Balki kelgusida uning bolalaridan biri rekordni yangilar, deb hazillashdi hind fermeri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter