Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistondagi toshqinlar oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi toshqinlar oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning shimoli-sharqida joylashgan Manipur, Sikkim va Megxalaya shtatlarida so‘nggi to‘rt kun ichida yog‘gan shiddatli yomg‘ir va toshqinlar oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi.

Mahalliy rasmiylar va OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab hududlarda yer ko‘chkilari yuz bergan, odamlar va transport vositalari suv ostida qolgan.

Tabiiy ofatdan jabrlangan Sikkim shtatidagi tog‘li hududlarda 1000 nafardan ortiq sayyoh qidiruv-qutqaruv ishlari doirasida evakuatsiya qilinmoqda. Shuningdek, Megxalayada suv bosgan hududlarda 500 nafar odamni qutqarish uchun Hinduston armiyasi jalb etilgan.

Ayniqsa, Manipur shtatidagi Javoharlal Neru tibbiyot instituti kasalxonasi suv toshqinidan jiddiy jabrlangan. Qutqaruvchilar bemorlarni tibbiy aravachada ko‘tarib chiqishga majbur bo‘lishmoqda.

Hindiston ob-havo xizmati yaqin kunlarda ham kuchli yomg‘irlar davom etishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda musson yomg‘irlari har yili yuzlab odamlar hayotiga zomin bo‘ladi. Mamlakatda gidrotexnik infratuzilmaning yetishmasligi va tabiiy ofatlarga tayyorgarlik darajasi kamligini mutaxassislar tanqid qilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring