Hindiston iqtisodiyotining kattaligi bo‘yicha Yaponiyani ortda qoldirdi

Hindiston iqtisodiyotining kattaligi bo‘yicha Yaponiyani ortda qoldirdi. Bu haqda Hindiston hukumati miya markazi (NITI Aayog) bosh direktori Subrahmanyamga asoslanib Economic Times xabar berdi.
Subrahmanyamning ta’kidlashicha, Hindiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 4 trln AQSh dollariga yetdi. Bu borada faqat AQSh, Xitoy va Germaniya Hindistondan oldinda.
Agarda rejalar amalga oshsa, Hindiston iqtisodiyoti ko‘lami bo‘yicha 2,5-3 yil ichida jahonda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi, dedi NITI Aayog rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter