Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 1,7 ming nafarga yetdi

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 1,7 ming nafarga yetdi

Foto: Euronews

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 1,7 ming nafarga yetdi. Xitoyning «Sinxua» agentligi xabariga ko‘ra, 3,4 mingga yaqin odam jarohatlangan, taxminan 300 kishi bedarak yo‘qolgan.

Tailand meteorologiya departamenti bayonot berishicha, 28-mart, juma kunidan buyon Myanmada 168 ta aftershok (zilzila takrorlanishi) qayd etildi. Yer osti silkinishlari magnitudasi 1,0 dan 7,0 ballgacha, aksariyat holatlarda 5,0 balldan past bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Myanmada 28 mart sanasida magnitudasi 7,7 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘lgandi. Silkinishlar qo‘shni Tailand va Xitoyda ham sezilgan.

30-mart sanasiga kelib, Tailand poytaxti Bangkokda zilzila qurbonlari soni 17 nafarga yetdi. Jarohatlanganlar soni 32 nafar, 83 kishi bedarak yo‘qolgan.

Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, Myanmadagi vayronkor zilzilaga Sagayn sinig‘ida tektonik plitalarning harakatlanishi sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring