Pokistonda zilzila payti mahbuslar qochib ketishdi

Pokistonning Karachi shahridagi Malir qamoqxonasidan 216 nafar mahbus zilzila paytida qochib ketdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila tufayli evakuatsiya paytida 600 dan ortiq maxbus tashqariga chiqarilgan va to‘s-to‘polonda ularning bir qismi asosiy darvozadan yugurib chiqib ketgan. Qamoqxona hodimlari 80 ga yaqin qochoqni qo‘lga olishga ulgurgan, qolganlari esa qidirilmoqda.
Shuningdek, hodisa paytida to‘rt nafar xodim jarohat olgan va bir mahbus halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter