Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada eng katta festivallardan biri tarixda ilk bor qoldirilishi mumkin (foto)

Yaponiyada eng katta festivallardan biri tarixda ilk bor qoldirilishi mumkin (foto)

Foto: «Funjapan.ru»

Sapporo qor festivali tashkil etilganidan beri birinchi marta koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilinadi. Bu haqda 14-dekabr kuni «Kyodo News» agentligi xabar berdi.

Har yili Sapporoda o‘tkaziladigan qor festivali Yaponiyaning eng yirik qishki tadbirlaridan biri sanaladi. Festival fevral oyida Xokkaydo orolida bo‘lib o‘tadi.

Birinchi qishki tadbir 1950-yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shandan buyon biror marta ham qoldirilmagandi.

Ta’kidlanishicha, tadbirda ko‘plab yaponlar va sayyohlar — yiliga taxminan 2 million kishi ishtirok etadi. Festival 65 milliard iyena (626 million dollar) daromad keltiradi.

2019-yilda Sapporodagi qor festivalining 70 yillik yubileyi 4-11-fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. Bayram davomida ishtirokchilar muz va qordan yuzlab haykallarni yasashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring