Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtimizning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtimizning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida o‘tkazayotgan ta’mirlash ishlari sababli 5 iyun kuni soat 07:00 dan 21:00 gacha 4-sonli Issiqlik Markazi xizmat ko‘rsatuvchi Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi qator manzilgohlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yunusobod tumanida:

– Yunusobod 1-19-mavzelari;
– M-5, 6, 12, 15, M-17, 18 mavzelari;
– Amir Temur, Mustaqillik, Ahmad Donish, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rixsiliy, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-berk, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivli, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarrama Turg‘unboyeva ko‘chalari.

Olmazor tumanida:

– Taxtapul, Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/1, 2/2, 2/3, 2/4, 2/5, Tansiqboyev va Olimpiya dahalari;
– Shifokorlar shaharchasi;
– O‘zMU va ToshDTU hududlari; - Beshqo‘rg‘on-1, 2, 3, 4 mavzelari;
– Qoraqamish 1-tor, Talabalar, Universitet, Farobiy, Beruniy, Muxbir, Qamarniso, Mirzo G‘olib, Shifonur, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Ziyo ko‘chalari.

Shayxontohur tumanida:

– Beltepa, Ibn Sino-1, 2, Jarariq mavzelari;
– Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon ko‘chalari.

Mirzo Ulug‘bek tumanida:

– Hamid Olimjon maydoni.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring