Uyatli rasmlarini xotiniga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, 15.000 AQSh dollari talab qilgan ayollar ushlandi
Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan 31 yoshli ayol 33 yoshli pastdarg‘omlik erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan.
Erkak 2022 yil fevral oyida ayolning yashash xonadoniga dori olib borib bergan vaqtida tanishib qolgan. U bilan yaqin aloqada bo‘lib kelgan va 2022 yil avgust oylarida oralariga sovuqchilik tushgan.
Natijada aloqalar uzilgan va uchrashuvlar to‘xtagan. O‘tgan 2022 yil dekabr oyida ayol erkakka tez-tez qo‘ng‘iroq qilib u bilan birga bo‘lgan vaqtlaridagi rasmlar va videolari borligini aytib, ushbu video va rasmlarni, qolaversa u bilan bo‘lgan yozishmalarni oilasiga ko‘rsatishi bilan qo‘rqitgan.
2023 yil mart oyida aytilgan pullarni bermasa hammasini uning oilasiga ko‘rsatib, oilasini buzish bilan bir necha bor tahdid qilgan va evaziga 15.000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 11 aprel kuni Samarqand viloyat IIB TQX JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Ali Qushchi ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi ariza muallifidan 6.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter