Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand yana bir yirik forumga mezbonlik qiladi

Samarqand yana bir yirik forumga mezbonlik qiladi

O‘zbekistonda ilk marotaba tarixiy Samarqand shahri BMTning «2030 yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish» mavzusida bo‘lib o‘tadigan nufuzli «Davlat xizmati forumi - 2025»ga (UN) mezbonlik qiladi.

Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga to‘playdi.

Forum 23 iyun - BMTning Davlat xizmati kunida rasman ochiladi va davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda davlat xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgan yuqori darajadagi muzokaralar, innovatsion yechimlar va strategik hamkorlik uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 aprel kuni Samarqandda «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti bo‘lib o‘tgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring