Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haj ziyoratini tashkillashtirish bilan bog‘liq firibgarlik jinoyati fosh qilindi

Haj ziyoratini tashkillashtirish bilan bog‘liq firibgarlik jinoyati fosh qilindi

Toshkent shahar IIBB, DXX Toshkent shahar boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta sayyohlik firmalari faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan «Mahdiy turizm» MChJ xodimi 1995-yilda tug‘ilgan A.J. to‘rt nafar fuqaroga «Haj» safariga yuborishni va’da qilgan. A.J. MChJning ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishga litsenziyasi yo‘qligini bila turib, ulardan aldov yo‘li bilan 27,2 ming dollarni olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Yana bir noqonuniy holat poytaxtning Shayxontohur tumanida qayd etildi. «Sohil turizm» MChJ direktori 1991-yilda tug‘ilgan S.N. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni «Haj» safariga yuborishni va’da qilib, bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmasada, 10 ming dollarni olgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring