Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Transport vaziri Mahkamov Uzbekistan Airways’ni yana uch yil boshqaradigan bo‘ldi

Transport vaziri Mahkamov Uzbekistan Airways’ni yana uch yil boshqaradigan bo‘ldi

Uzbekistan Airways aksiyadorlarining joriy yil 30-sentyabrdagi yig‘ilishida jamiyatning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash va jamiyat boshqaruv raisi I.R.Mahkamov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish haqidagi qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2021-yilning fevralidan buyon aviakompaniya boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ilhom Mahkamov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini yana uch yilga uzaytirilgan.

Yig‘ilishda, shuningdek, jamiyatning yangi tahrirdagi Korporativ kodeksini tasdiqlash masalasi ham ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yil oktyabrdan buyon transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Ilhom Mahkamov bir vaqtning o‘zida «Uzbekistan Airways» AJning ham rahbari hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring