O‘zbekistonning olti reysi dron tahdidi sabab Moskvaga yetib bora olmadi

Rossiya poytaxti osmonida yuzaga kelgan dron tahdidi tufayli Moskvaga yo‘l olgan «Uzbekistan Airvays»ning oltita reysi boshqa shaharlarga yo‘naltirildi.
Ayni vaqtda reyslar quyidagicha yo‘naltirilgan:
HY9619 (Namangan — Moskva, Vnukovo) — Ufaga;
HY9671 (Toshkent — Nijniy Novgorod) — Ufaga;
HY613 (Toshkent — Moskva, Vnukovo) — Sankt-Peterburgga;
HY9627 (Farg‘ona — Moskva, Vnukovo) — Sankt-Peterburgga;
HY601 (Toshkent — Moskva, Domodedovo) — Sankt-Peterburgga;
HY605 (Samarqand — Moskva, Vnukovo) — Sankt-Peterburgga.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter