Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir qator reyslar Toshkentga qo‘ndi

Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir qator reyslar Toshkentga qo‘ndi

Eron havo hududining yopilishi sababli bir necha reyslar Toshkentdagi xalqaro aeroportga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Xususan, «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo‘nalishidagi HY5343 reysi soat 06:18 da, «Fly Dubai» aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi FZ1942 reysi mahalliy vaqt bilan soat 06:37 da Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib qo‘ndi.

Shuningdek, «Air Cairo» aviakompaniyasining Olmaota – Sharm-ash-Shayx yo‘nalishidagi SM882 reysi (07:46) va «Qatar Airways»ning Seul – Doxa yo‘nalishidagi QR8985 reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

«Centrum Air» aviakompaniyasining Toshkent – Doxa yo‘nalishidagi C63341 reysi esa kechiktirildi. Yo‘lovchilar vaqtincha terminalga joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring