Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Islomobodga aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkentdan Islomobodga aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Pokistonga parvozlarni kengaytirishni davom ettirmoqda. Lahorga muntazam reyslar  yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, kompaniya Toshkent — Islomobod — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham parvozlarni amalga oshiradi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha reyslar 2025-yil 14-iyundan boshlab har shanba kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (vaqtlar mahalliy):

  • Toshkentdan uchish — 08:50
  • Islomobodga yetib borish — 10:50
  • Islomoboddan uchish — 11:50
  • Toshkentga yetib kelish — 13:50

Uzbekistan Airways ushbu yangi yo‘nalish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm, savdo va madaniy aloqalarni yanada faollashtirishni ko‘zlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring