Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yo‘lovchini haqoratlagan haydovchi ishdan chetlatildi

Toshkentda yo‘lovchini haqoratlagan haydovchi ishdan chetlatildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

25-sentyabr kuni soat 15:30da, 155-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchi «Mashinasozlar» bekatida avtobus ichida bo‘lgan yo‘lovchi ayolning «oraliq bekatda ko‘p turib qolding» degan e’tiroziga nisbatan qo‘pollik bilan javob qaytargani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, mazkur avtobus Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘illanuvchi «Avtosantrans-Servis» MChJga tegishli, Isuzu haydovchisi O.Sh. ekanligi aniqlangan. 

«Avtosantrans-Servis» MChJ rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda haydovchining o‘z xizmat vazifasi davomida yo‘lovchini haqoratlagani, yo‘nalishda uyali aloqa vositasidan foydalangani va karantin qoidalariga amal qilmasdan tibbiy niqob taqmaganligi kabi qoidabuzarliklarni amalga oshirgani uchun vaqtincha haydovchilik vazifasidan chetlatilgan. 

Tegishli tartibda voqeaga aniqlik kiritilganidan so‘ng haydovchining lavozimiga loyiqlik masalasi ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring