Toshkentda tashqi reklamalarni joylashtirishga moratoriy e’lon qilindi

Toshkent shahrida 2021-yil 1-apreldan 2021-yil 31-dekabriga qadar tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021 yil 27 martdagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan o‘tkazib, yagona elektron reyestrni shakllantirish maqsadida qilinmoqda.
Ta’kidlanishicha, moratoriy tashqi reklama ob’yektlarida (konstruksiyalarida) joylashgan reklamaga taalluqli emas.
Moratoriy amal qilishi davomida yangi o‘rnatilgan tashqi reklama ob’yektlari (konstruksiyalari) noqonuniy hisoblanib, belgilangan tartibda demontaj qilinadi va ularni o‘rnatgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter