Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ikki tumanida elektr vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning ikki tumanida elektr vaqtincha o‘chiriladi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 1-may kuni Toshkent shahrining Yunusobod hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 259-son Qaroriga asosan mazkur tumanlarning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taminlovchi 35/10/6 kV kuchlanishli «Karamurtskaya» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida ma’nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. 

Jumladan, Yunusobod tumanining: «Otchopar-1», «Otchopar-2», «Oqtepa», «Buyuk Turon», «Obod», «Bog‘ibo‘ston», «Mirzo Ulug‘bek», «Shayh Shivli» hamda «Firdavsiy» MFYlarining ayrim hududlarida soat 12:00 dan 15:00 gacha elektr bo‘lmaydi. 

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin. 

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring