Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda poyga uyushtirgan yigit jarimaga tortildi

Toshkentda poyga uyushtirgan yigit jarimaga tortildi

Videodan kadrlar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan haydovchining xatti-harakati bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berildi.

Videoda haydovchi katta tezlikda (100 km/soatdan ziyod) va svetafor chiroqlariga amal qilmasdan, xavfli quvib o‘tishlarni sodir etgan holda harakatlangani aks etgan.

Qayd etilishicha, bugun, 25 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining ochiq sud majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan Sh. A. (2000 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan) ga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida aniqlanishicha, Sh. A. 2023 yil 4 fevral kuni soat 17:40 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor va Nukus ko‘chalari kesishgan chorrahasida, o‘zining boqsharuvidagi «Malibu» rusumli avtomashinasida yo‘l harakati qoidalari talablariga amal qilmasdan harakatlanib ketayotganida, YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilganda to‘xtamasdan harakatini davom ettirgan.

Sh. A. ga oid MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatildi.

Sh. A. MJtKning 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga BHMning 10 baravari miqdorida ma’muriy jarima jazosi tayinlandi. Jarima davlat foydasiga undirilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring