Toshkentda 26 yoshli qiz baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
Toshkentda Nexia-3 rusumli avtomashina ustiga daraxt qulab tushdi va yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan 26 yoshli qiz halok bo‘ldi. Bu haqda «Millar» ko‘rsatuvida xabar berildi.
12 noyabr kuni Yangihayot tumanida fojiali voqea yuz berdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l bo‘ylab ketayotgan Nexia-3 rusumli avtomashinaning ustiga to‘satdan ulkan daraxt qulab tushgan.
Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari orqa yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan qizga ochiq bosh jarohati tashxisini qo‘yishgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan, ammo ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, u vafot etgan. Mashina haydovchisi omon qolgan.
Yangihayot tumani hokimligi xodimining so‘zlariga ko‘ra, moratoriy doirasida qurib qolgan yoki odamlar hayotiga xavf tug‘dirayotgan daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan.
«Voqea sodir bo‘lgan fojia baxtsiz hodisadir, chunki yiqilgan daraxtni ko‘zdan kechirish paytida hech qanday qurish belgilari topilmadi, daraxt mutlaqo sog‘lom edi», deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter