Svetoforlarda to‘rtinchi chiroq paydo bo‘lishi mumkin. Nega kerak?
AQShning Shimoliy Karolina universiteti mutaxassislari svetoforlarda to‘rtinchi chiroqni o‘rnatishni taklif qilishdi. Bu odatiy (haydovchili) mashinalar va avtopilotli (haydovchisiz) mashinalar harakatlanishini tartibga keltirish uchun kerak, deyishmoqda.
Olimlar o‘tkazgan tadqiqotda aniqlanishicha, yo‘llarda avtopilotli mashinalar ko‘payib borishi barobarida, tiqinlar («probkalar») hosil bo‘lishi ehtimoli oshadi. Ayni shu muammoni yumshatish uchun muhandislar svetoforda qo‘shimcha to‘rtinchi signalni ishga tushirishni taklif qilishmoqda.
To‘rtinchi chiroq mashinalar oqimida avtopilotli mashinalar muayyan foizga yetganida faollashadi. Ya’ni bu bilan inson-haydovchilarga ham xuddi avtopilotli mashinalar kabi harakatlanish uchun signal beriladi.
Bir qarashda oddiygina ushbu yechim yo‘llarda tiqinlar sonini hamda yonilg‘i sarfini kamaytirishi ta’kidlanmoqda. Buni isbotlash uchun muhandislar yo‘ldagi vaziyatni modellashtirib, svetoforning to‘rtinchi chirog‘i o‘rnatilsa qanday natija berishini ko‘rsatishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter