Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Svetoforlarni xususiylashtirish» haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

«Svetoforlarni xususiylashtirish» haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda endilikda jismoniy yoki yuridik shaxslar, hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalariga xat bilan murojaat etgan holda, o‘zlari istagan joyda svetofor o‘rnatishlari mumkin bo‘lishi  haqida xabarlar tarqaldi.

IIV JXD YHXX bergan rasmiy munosabatga ko‘ra, bu kabi xabarlar asossiz va tadbirkorlar svetoforlarni o‘zboshimchalik bilan yoki qandaydir ruxsat asosida o‘rnatish vakolatiga ega emaslar.

«Yo‘l harakatini tartibga solish vositalarini o‘rnatish vazifasi mas’ul idora va tashkilotlar zimmasiga aniq yuklatilgan bo‘lib, istalgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bunday vositalarni o‘zboshimchalik bilan yoki qandaydir ruxsat asosida o‘rnatish vakolatiga ega emasligini ma’lum qilamiz», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Qayd etilishicha, bu boradagi normalar «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ-348-son Qonunining 7, 9 va 10-moddalarida, shuningdek, Yo‘l harakati qoidalari 4-bandining ikkinchi xatboshisida belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, MJtKning 147-moddasida yo‘llarga, temir yo‘ldan o‘tish joylariga, yo‘l harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yo‘l harakatiga qasddan, shu jumladan yo‘l qoplamasini ifloslantirish yo‘li bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzishga nisbatan jarimalar belgilangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring