Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada tezkor chorrahalar va kvadrat svetoforlar paydo bo‘lishi mumkin

Rossiyada tezkor chorrahalar va kvadrat svetoforlar paydo bo‘lishi mumkin

Illyustrativ surat

Rossiyada maxsus chiziqli turbo (tezkor) chorrahalar paydo bo‘lishi mumkin. Ular haydovchilarga aylana bo‘ylab harakatlanishda «bir izga» tushib olish imkonini beradi.

«Izvestiya» gazetasi yozishicha, Rosstandart poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (ЦОДД) bilan birga yangi standart loyihasi ustida ish olib boryapti. Unda tezkor chorrahalardan tashqari, navbati bilan qizil, sariq va yashil bo‘lib yonuvchi bir lampali kvadrat svetoforlar o‘rnatish ham taklif etilmoqda.

Svetoforlarga yangi elementlar tatbiq etilishi mumkin: harakatlanish yo‘nalishini va burilish mumkinligini ko‘rsatuvchi strelkalar, ro‘para oqim harakatlanishini taqiqlovchi «qizil xoch» hamda «ketayotgan odam» signallari.

Turbo chorraha.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvada 2019-yili bitta turbo chorraha barpo etiladi. Undagi o‘ziga xos chiziqlar haydovchiga halqa bo‘ylab harakatlanishning optimal trayektoriyasini ko‘rsatib beradi. ЦОДД mutaxassislari bu yangilik avariyalar sonini sezilarli kamaytirib, yo‘l o‘tkazuvchanligini 20-30 foizga oshirishiga umid qilishyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring