Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklarning 74 foizini haydovchilar sodir etgan

O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklarning 74 foizini haydovchilar sodir etgan

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan 2020-yilda 55 ta vakolatli organlar tomonidan jami 8 mln 883,5 mingta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ulardan 5 mln 570 mingtasi yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni tashkil etadi. Shundan 1 mln 763,7 mingtasi yo‘llarga o‘rnatilgan foto va video qurilmalari orqali qayd etilgan.

Bu haqda IIV tomonidan ishlab chiqilgan  Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimini yaratishga oid hujjat loyihasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2020-yildagi statistika bergan ko‘rsatkich qolgan barcha huquqbuzarliklarning 59,5 foizini tashkil qilgan.

2021-yilda esa jami 9 mln 785,5 mingta huquqbuzarlikdan 7 mln 743,1 mingtasi (2 mln 524 mingta foto va video qurilmalari orqali) yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq holatda sodir etilgan. Bu esa jami huquqbuzarliklarning 73,7 foizi deganidir. 2022-yilda ushbu ko‘rsatkichlar 73,6 foizni tashkil qilgan.

IIV bergan ma’lumotga ko‘ra, uu munosabat bilan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy ishlarni yagona platformada ko‘rib chiqish va yuqoridagi ko‘rsatkichlarda aks ettirilgan yuklamani samarali taqsimlash maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimini yaratish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring