Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda shifokorni urib, yerga qulatganlarga jinoiy ish ochildi

Surxondaryoda shifokorni urib, yerga qulatganlarga jinoiy ish ochildi

Foto: Surxondaryo IIB.

Tarmoqda Surxondaryoda shifokor kaltaklangani videosi tarqaldi. Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, holat Boysun tumanida sodir bo‘lgan.

Aytilishicha, 9-yanvar kuni Boysun tumani tibbiyot birlashmasida shifokor vazifasida ishlovchi F.J ni fuqaro Sh.X urib tan jarohati yetkazishi natijasida tan jarohati olib yerga yiqiladi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari vaqtida Sh.X, Sh.H, F.J ga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi va ekspertiza xulosasiga ko‘ra F.J. (shifokor)ning olgan tan jarohati «yengil» tan jarohati deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 10-yanvar kuni Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro Sh.H va Sh.X larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-modda 2-qismining «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring