«O‘zbekoziqovqatxolding» XK ulushlari Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi
«Oziq-ovqat sanoati sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (581-son, 23.09.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, quyidagilar:
«O‘zbekoziqovqatxolding» XK tarkibidagi tashkilotlarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga;
«O‘zagroeksportbank» ATB va «Agrobank» ATB ustav kapitallaridagi «O‘zbekoziqovqatxolding» XK ulushi Moliya vazirligiga bepul o‘tkazildi.
2021-yil 1-martga qadar Agentlikka o‘tkazilayotgan tashkilotlarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlari ommaviy savdolarga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning tegishli qarori bilan «O‘zbekoziqovqatxolding» XK tugatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter