Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piyoz eksporti to‘xtatildimi? Mutasaddilar izoh berdi

Piyoz eksporti to‘xtatildimi? Mutasaddilar izoh berdi

Ijtitmoiy tarmoqlarda eksport to‘xtatilgani uchun O‘zbekistonda piyoz narxi tushib ketgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi ushbu masala bo‘yicha izoh berdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda piyoz eksporti to‘xtab qolgani yo‘q. Aksincha, joriy yil boshidan yurtimiz tashqi bozorga ushbu mahsulotni uzluksiz yetkazib berishda davom etmoqda.

Xususan, yanvar-fevral oylari davomida 40 754 tonna piyoz eksport qilingan. Mart oyining 10 sanasigacha bo‘lgan muddatda esa 6 752,7 tonna piyoz Afg‘oniston, AQSh, Bolgariya, Iroq, Gruziya, Belarus, Moldova, Kipr, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Eron davlatlariga eksport qilingan.

«O‘zbekiston ichki va tashqi bozorlarga yetarli darajada piyoz yetkazib berish salohiyatiga ega. "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi tomonidan piyoz eksport geografiyasini yanada kengaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Natijada joriy yildan O‘zbekiston piyozi uchun Eron, Pokiston, Tojikiston kabi yangi bozorlar ochildi.

Shuningdek, kompaniya dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan piyoz mahsulotlarini tashqi bozorlarda xaridorlarini topish uchun yordam ko‘rsatib kelmoqda.

"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi kelgusida shu kabi asoslanmagan ma’lumotlarning oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalarini O‘zbekiston meva-sabzavot eksportiga oid tahlillarni tayyorlashda hamkorlik qilishga chaqiradi», — deyiladi kompaniya Axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring