«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi rahbariga matbuot kotibi tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Malohat Husanova «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Malohat Husanova 1985-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Jurnalistik faoliyatini 2012-yilda O‘zbekiston Milliy axborot agentligida boshlagan. O‘tgan yillar davomida mazkur agentlikning Fotoaxborot, Respublika, Xalqaro axborot tahririyatlari sharhlovchisi, yetakchi muharriri lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter