Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt bozorlarida «O‘zbekoziqovqatxolding»ning oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi
Yangi yil arafasida poytaxtimizdagi iste’mol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlar narxining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 15 dekabrdan Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan oziq – ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonnomasi ijrosini ta’minlash doirasida Qo‘yliq (Bektemir tumani), Sirg‘ali (Sirg‘ali tumani), Aviasozlar (Yashnobod tumani), Qora-Qamish (Olmazor tumani), Navro‘z (Mirzo Ulug‘bek tumani), Yunusobod (Yunusobod tumani), Beshyog‘och bozori Qozrabot filiali (Chilonzor tumani), Askiya (Yakkasaroy tumani), Farxod (Uchtepa tumani), Eski jo‘va (Shayxontohur tumani), Mirobod ( Mirobod tumani), Oloy (Yunusobod tumani) bozorlarida ochilishi rejalashtirilayotgan ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan go‘sht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibiga meva-sabzavot konservalari, go‘sht-sut, qandolat, tamaki, mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, alkogolsiz pivo va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi 400 dan ziyod mahalliy, shuningdek, “Nestle”, “Coca Cola”, “Carlsberg” kabi xorijiy kompaniyalarning mamlakatimizdagi korxonalari ham kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter