O‘zbekistonning aholi zich hududlari ma’lum qilindi
![O‘zbekistonning aholi zich hududlari ma’lum qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/7/0/720_460_95_70185867.jpg)
O‘zbekiston Respublikasida 2025-yil 1-yanvar holatiga bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 86,6 kishi to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ko‘paygan.
Hududlar bo‘yicha aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 6 948,1 kishini, Andijon viloyatida 804,9 kishini hamda Farg‘ona viloyatida 613,1 kishini tashkil etgan.
Hududlar kesimida bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan aholi soni:
1. Qoraqalpog‘iston R. – 12,2 kishi
2. Andijon viloyati – 804,9 kishi
3. Buxoro viloyati – 51,6 kishi
4. Jizzax viloyati – 72,5 kishi
5. Qashqadaryo viloyati – 127,4 kishi
6. Navoiy viloyati – 9,9 kishi
7. Namangan viloyati – 420,9 kishi
8. Samarqand viloyati – 256,3 kishi
9. Surxondaryo viloyati – 146,5 kishi
10. Sirdaryo viloyati – 217,5 kishi
11. Toshkent viloyati – 205,3 kishi
12. Farg‘ona viloyati – 613,1 kishi
13. Xorazm viloyati – 335,9 kishi
14. Toshkent shahri – 6 948,1 kishi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter