Tramp AQShga dushman davlat nomini tilga oldi
![Tramp AQShga dushman davlat nomini tilga oldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_422083918.jpg)
Venesuela — AQShning dushmani. Oq uy rahbari Donald Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda shunday bayonot berdi.
«Nega ular (AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati xodimlari — tahr.) dushman bilan aloqa o‘rnatib, unga milliard-milliard dollarlarni berishdi?», — deya o‘rtaga savol tashladi Tramp.
Trampga ko‘ra, aynan Baydenning davrida AQSh milliardlab dollarga Venesueladan neft sotib olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning yanvar oyi oxirida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Karakasda AQShning maxsus elchisi Richard Grenell bilan uchrashgan. Maduro maxsus elchini rasmiy qarorgohi — Miraflores saroyida qabul qilgan. Maduro Trampning vakiliga «Nulinchi kun tartibi»ga o‘tib, Venesuela va Qo‘shma Shtatlar munosabatlarini yangitdan boshlashni taklif qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter