Tramp: AQSh xavfli bo‘lib qolgan Yaqin Sharqdan o‘z xodimlarini chiqarmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi beqaror vaziyat va Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar noaniq ahvolga tushib qolgani sababli amerikaliklar ushbu mintaqadan qisman olib chiqilayotganini tasdiqladi.
– Ha, ularni chiqarishmoqda. Chunki bu (Yaqin Sharq) xavfli joyga aylanishi mumkin, – dedi Tramp Vashingtonda jurnalistlar bilan suhbatda. — Biz chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma berdik. Nima bo‘lishini kuzatamiz.
Shuningdek, Tramp Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ham ta’kidladi. «Ular yadroviy qurolga ega bo‘lolmaydi. Hammasi juda oddiy. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi u.
Avvalroq AQSh rasmiylari xavfsizlik nuqtai nazaridan Iroqdagi elchixona xodimlari soni qisqartirilayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Quvayt va Bahrayndagi Amerika diplomatlarining bir qismi ham chiqarilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington va Tehron apreldan beri besh marta muzokara o‘tkazgan va yaqin kunlarda navbatdagi uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Eron mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda chorshanba kuni bergan bayonotida, agar Eronga zarbalar berilsa, mamlakat AQShning mintaqadagi harbiy bazalariga javob zarbasini yo‘llashini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter