Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonanda va aktrisa Shirin Abdullayeva 20 yoshida vafot etdi

Xonanda va aktrisa Shirin Abdullayeva 20 yoshida vafot etdi

Zulfiya mukofoti sovrindori, xonanda Shirin Abdullayeva vafot etdi.

Abdullayeva 2005-yil 14-dekabrda Namangan viloyati Namangan shahrida tug‘ilgan. 2023-yilda u san’at yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U «Lo‘li», «Metro», «Bezori» va boshqa qo‘shiqlari bilan tanilgan. Shuningdek, qator kliplarda ham suratga tushgan.

Shirin Abdullayeva Pekindagi Sinxua universiteti Ijtimoiy fanlar yo‘nalishi talabasi bo‘lgan. Universitet Abdullayevani «O‘zbekistonning Xitoydagi madaniyat elchisi» deya ta’riflagan.

Ma’lumot uchun, Abdullayeva tadbirkor, tarkibida 20 dan ortiq korxonani birlashtirgan BA Holding ta’sischisi Bahodir Abdullayevning eng qizi edi.

Xabar.uz marhumaning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring