Aholisi eng kam bo‘lgan tuman va shaharlar reytingi e’lon qilindi

Aholi soni eng kam bo‘lgan tuman va shaharlar top o‘ntaligi haqida ma’lumot berildi.
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 37,5 mln kishini tashkil etgan.
Quyida aholi eng kam bo‘lgan 10 ta tuman va shaharlar haqida ma’lumot keltirilgan.
1. G‘ozg‘on shahri – 9,3 ming kishi
2. Tomdi tumani – 15,3 ming kishi
3. Shirin shahri – 19,4 ming kishi
4. Qorovulbozor tumani – 20,3 ming kishi
5. Bo‘zatov tumani – 21,9 ming kishi
6. Yangiobod tumani – 30,2 ming kishi
7. Mo‘ynoq tumani – 33,9 ming kishi
8. Konimex tumani – 37,2 ming kishi
9. Taxtako‘pir tumani – 38,9 ming kishi
10. Uchquduq tumani – 39,7 ming kishi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter