Tashlandiq oltin konida halokat: 48 kishi halok bo‘ldi

Mali davlati g‘arbida noqonuniy oltin konidagi o‘pirilish oqibatida kamida 48 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda France Press agentligi mahalliy politsiya manbalariga asoslanib.
Agentlik manbalariga ko‘ra, hodisa avvallari Xitoy kompaniyasiga tegishli bo‘lgan tashlandiq shaxtada sodir bo‘lgan. O‘lganlar orasida, manbalarga ko‘ra, asosan ayollar bo‘lgan. Ekologik guruh rahbari AFPga qurbonlarni qidirish davom etayotganini aytdi.
Agentlikning ta’kidlashicha, ko‘p sonli qurbonlar bilan sodir bo‘ladigan bunday hodisalar mintaqada kon ob’yektlaridan noqonuniy foydalanish holatlari yuqori bo‘lganligi sababli sodir bo‘lmoqda.
Mali Afrikadagi oltin qazib olish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. Mamlakat oltin, temir rudasi, marganets, litiy va uranning katta zaxiralariga ega. 2024-yil yanvarida Malining janubi-g‘arbidagi Kangaba mintaqasidagi oltin konida tunnel ham qulab tushgandi, deya xabar beradi Sinxua. 73 kishi vayronalar ostida halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter