Xitoy aholisi bir yilda salkam 1,5 mln kishiga qisqardi

Xitoy aholisi soni 2024-yil yakuniga kelib 1,408 milliardni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 1,39 million kamdir, deyiladi XXR statistika idorasi bergan ma’lumotda.
Ta’kidlanishicha, Xitoy aholisini hisoblashda 31 viloyat, muxtor tumanlar, markazga bo‘ysunuvchi shaharlar aholisi ko‘zda tutilgan, Gonkong, Makao, Tayvan aholisi va chet elliklar kiritilmagan.
Mamlakatda 2024-yilda tug‘ilishlar soni 9,54 million nafarni, tug‘ilish koeffitsiyenti 6,77 foizni, o‘limlar soni 10,93 million nafarni, o‘lim koeffitsiyenti 7,76 foizni tashkil etgan.
Xitoyda erkaklar soni — 719,09 mln, ayollar — 689,19 mln (erkak/ayollar nisbati — 105/100).
Mamlakatning 16 dan 59 yoshgacha bo‘lgan mehnatga qobiliyatli aholisi soni 857,98 million kishini yoki jami aholining 60,9 foizini, 60 va undan katta yoshlilar 310,31 million kishini yoki 22 foizni tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter